JIDU va Shvetsiyaning Lund universiteti o‘rtasida strategik akademik hamkorlikka start berildi

Iyun 03, 2026. 15:55 • 2 daq

83

STOKGOLM, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) rektori Sodiq Safoyevning Shvetsiyaga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida JIDU hamda Lund universiteti o‘rtasida ilmiy tadqiqotlar va akademik rivojlanish sohasida strategik hamkorlik boshlangani rasman e’lon qilindi. Ushbu muhim tashabbusning ochilish marosimida O‘zbekistonning Shvetsiya, Norvegiya va Daniyadagi elchisi Rahmatulla Nurimbetov, Shvetsiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Ingvar Tersman, shuningdek, ikki mamlakatning taniqli olimlari va akademik doiralar vakillari ishtirok etdilar.

Sodiq Safoyev tadbirdagi nutqida bugungi kunda bilimga asoslangan izchil taraqqiyotni ta’minlash, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-tadqiqot salohiyatini yanada mustahkamlash hamda zamonaviy xalqaro tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda universitetlararo to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikning ahamiyati ortib borayotganini ta’kidladi.

Hamkorlik dasturi doirasida “Markaziy Osiyoda bilimga asoslangan taraqqiyot va akademik hamkorlik” mavzusida ilmiy anjuman tashkil etildi. Anjuman davomida Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropa (Skandinaviya) mintaqalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning eng istiqbolli va ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.

Muxtasar aytganda, yo‘lga qo‘yilgan ushbu hamkorlik ikki tomonlama qo‘shma tadqiqotlarni olib borish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuv dasturlarini faollashtirish hamda xalqaro ilmiy tarmoqlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish