O‘zbekiston delegatsiyasi Britaniyaning ijtimoiy himoya sohasidagi tajribasi bilan tanishdi
Iyun 03, 2026. 10:25 • 2 daq
• 197LONDON, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya rahbari Husniddin Qutbiddinov boshchiligidagi delegatsiyasi Buyuk Britaniyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif davomida “Care Inspectorate Wales” (CIW), “Social Care Wales”, “Westminster City Council”, “Rix Inclusive Research Institute”, “Chelsea Community Hospital”, “National Institute for Health and Care Excellence”, “Arup” va “HealthCare UK” kabi qator yetakchi muassasalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muloqot chog‘ida tomonlar ijtimoiy xizmatlar sifati nazorati tizimlari, monitoring mexanizmlari va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini baholashga oid yondashuvlar bilan tanishdi.
Ijtimoiy himoya sohasidagi mutaxassislarni ro‘yxatga olish, kasbiy standartlarni joriy etish, ijtimoiy xizmatlarning fuqarolar hayotiga real ta’sirini baholash masalalariga e’tibor qaratildi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratish va inklyuziv shahar infratuzilmasini rivojlantirish alohida muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida ishtirokchilar kelgusida tajriba almashishni davom ettirishga kelishib, O‘zbekistonda ilg‘or amaliyotlarni joriy etish hamda ushbu sohadagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

JIDU va Shvetsiyaning Lund universiteti o‘rtasida strategik akademik hamkorlikka start berildi








