O‘zbekiston va Belarus farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Oktabr 07, 2026. 19:00 • 1 daq

• 140
O‘zbekiston va Belarus farmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

MINSK, 7-oktyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Belarusning yetakchi farmatsevtika kompaniyalari vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Mazkur uchrashuvlar Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan «INNOPROM. Belarus» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida tashkil etildi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr-mulohaza almashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonda xorijdan import qilinayotgan zamonaviy va yuqori texnologik dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, uchinchi bozorlarga birgalikda chiqish, ilg‘or texnologiyalar transferini amalga oshirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy muloqotni davom ettirish va kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amaliyotga joriy etish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish