Logo

Fransuz tili darsligini milliy standartga moslashtirish masalasi ko‘rib chiqildi

Mart 27, 2026. 17:34 • 2 daq

168
Fransuz tili darsligini milliy standartga moslashtirish masalasi ko‘rib chiqildi

PARIJ, 28-mart. /“Dunyo” AA/. Fransiya poytaxtida O‘zbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzozxon Karimova Fransiyaning yetakchi taʼlim va nashriyot tashkilotlari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvlarda asosiy eʼtibor mamlakatimizda fransuz tilini o‘qitishni rivojlantirish, zamonaviy o‘quv-metodik materiallarni joriy etish va maktabgacha taʼlim sohasida xalqaro tajribani tatbiq qilish masalalariga qaratildi.

Xususan, “Groupe Hachette Livre” tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuvda fransuz tili bo‘yicha darsliklarni O‘zbekistonning milliy taʼlim standartlari va o‘quv dasturlariga moslashtirish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalarida zamonaviy o‘quv qo‘llanmalarini bosqichma-bosqich joriy etish va o‘qituvchilar malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Eʼzozxon Karimova taʼlim texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi “Kokoro Lingua” kompaniyasi asoschisi Natali Lasselin bilan ham muzokaralar o‘tkazdi. Bu uchrashuvda qo‘shma taʼlim dasturlarini monitoring qilish, maktabga tayyorlov guruhlari uchun yangi o‘quv dasturlari ishlab chiqish va tarbiyachilarni xalqaro standartlar asosida sertifikatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar maktabgacha va maktab taʼlimi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish va hamkorlikning shartnomaviy asoslarini mustahkamlash yuzasidan kelishuvga erishdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish