Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozoriga chiqarish istiqbollari muhokama qilindi

Iyun 10, 2026. 21:00 • 2 daq

95
Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozoriga chiqarish istiqbollari muhokama qilindi
Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozoriga chiqarish istiqbollari muhokama qilindi
Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropa bozoriga chiqarish istiqbollari muhokama qilindi

FRANKFURT-MAYN, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi direktori Nozimjon Xolmurodov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Frankfurt shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida tashkil etilgan safar davomida delegatsiya vakillari moliyaviy hamkorlikni kengaytirish va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Xususan, “AKA Bank” direktori Mixael Shtopfkuxen bilan uchrashuvda O‘zbekistonning yengil sanoat korxonalari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan zamonaviy texnologik uskunalarni xarid qilish maqsadida imtiyozli kredit liniyalarini jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “KfW Group” tarkibiga kiruvchi “KfW IPEX-Bank GmbH”ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Yekaterina Galitsina bilan ham suhbat tashkil etildi. Muloqot davomida O‘zbekiston yengil sanoat korxonalarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda Germaniya va Yevropa moliyaviy institutlari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Tashrif doirasida O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Savdo uyi rahbari Ilyas Gyujlyu bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida Frankfurt shahrida faoliyat yuritayotgan yirik importyor kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston mahsulotlarini Germaniya bozorida kengroq targ‘ib etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish