O‘zbekiston MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashi yig‘ilishiga raislik qildi
Iyun 10, 2026. 20:30 • 57 soniya
• 99MINSK, 10-iyun. /“Dunyo” AA/. 9-iyun kuni Minsk shahrida O‘zbekiston raisligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari rahbarlari maslahat kengashining 33-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbirda MDHga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirliklarining konsullik yo‘nalishi bo‘yicha rahbar vakillari ishtirok etib, konsullik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish kun tartibidan fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, migratsiya jarayonlari bilan bog‘liq masalalar, konsullik xizmatlarini raqamlashtirish, aholiga ko‘rsatiladigan konsullik xizmatlari sifatini oshirish hamda sohadagi shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish kabi mavzular o‘rin oldi.
Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha MDH mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari konsullik xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



