Logo

O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi

Aprel 27, 2026. 16:25 • 2 daq

269

STOKGOLM, 27-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi ko‘magida “Green14” shved kompaniyasi asoschisi Adam Podgorski boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrif amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida O‘zbekistonning tegishli vazirliklari va yetakchi sanoat korxonalari vakillari bilan qator muzokaralar o‘tkazildi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirliklarida bo‘lib o‘tgan muloqotda strategik ahamiyatga ega minerallarni chuqur qayta ishlash, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

OKMK va O‘zTMK korxonalari rahbariyati bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazilib, unda molibden-reniy qotishmalarini ishlab chiqarish, yuqori soflikdagi tellur va selen olish hamda maxsus qotishmalar va vanadiy mahsulotlari chiqarish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tadbir davomida “Green14” va O‘zTMK o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat texnologiyalar transferini, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutadi.

“Green14” kompaniyasi elektronika sanoati, energetika va og‘ir sanoat uchun ekologik toza texnologiyalar ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Mutaxassislarning fikricha, kompaniya yechimlarining joriy etilishi O‘zbekistonga strategik ahamiyatga ega minerallarni chuqur qayta ishlash imkonini beradi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish