“O‘zbekkosmos” agentligi BMTning COPUOS yig‘ilishida qatnashmoqda

Iyun 16, 2026. 12:30 • 57 soniya

64
“O‘zbekkosmos” agentligi BMTning COPUOS yig‘ilishida qatnashmoqda

VЕNA, 16-iyun. /“Dunyo” AA/. “O‘zbekkosmos” agentligi delegatsiyasi Vena shahrida bo‘lib o‘tgan BMTning Kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish qo‘mitasi (COPUOS)ning 69-sessiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir davomida O‘zbekiston vakillari ishtirokchilarni mamlakatimizning kosmik sohadagi yutuqlari hamda xalqaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Sessiya doirasida Markaziy Osiyo tarixida ilk bor Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro astronavtika kongressi (IAC 2028) taqdimoti o‘tkazildi.

Shu bilan birga, 2027-yil bahorida O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishda kosmik texnologiyalardan foydalanishga bag‘ishlangan BMTning VII xalqaro “Space4Water” anjumani o‘tkazilishi haqida ma’lumot berildi.

Anjumanda O‘zbekistonning COPUOS doirasidagi faol ishtiroki mamlakatning jahon kosmik hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash, yangi xalqaro sheriklik aloqalarini rivojlantirish va milliy kosmik dasturlarni global darajada ilgari surishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish