O‘zbekiston britan ta’limiga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Noyabr 11, 2026. 13:00 • 2 daq

• 199
O‘zbekiston britan ta’limiga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
O‘zbekiston britan ta’limiga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
O‘zbekiston britan ta’limiga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
O‘zbekiston britan ta’limiga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda
O‘zbekiston britan ta’limiga kirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

LONDON, 11-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijroiya direktori Gulnoza Ismailova amaliy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida Buyuk Britaniyaning yetakchi universitetlari va ta’lim tashkilotlari, jumladan, “Kaplan International Pathways”, Oksford universitetining “Saïd” biznes-maktabi, Nottingem, Bristol hamda “Queen Mary University of London” universitetlari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda o‘zbekistonlik mutaxassislarning ushbu oliygohlarda o‘qish imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shimcha chegirmalar taqdim etish, qabul qilish tartib-qoidalarini soddalashtirish va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Xususan, sun’iy intellekt, muhandislik, aerokosmik texnologiyalar, biotexnologiyalar, iqtisodiyot, huquq, moliya va farmatsevtika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.

Oksford universiteti bilan MBA dasturlarini hamda rahbar kadrlar uchun maxsus ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Nottingem va “Queen Mary University of London” universitetlari bilan anglashuv memorandumlari imzolandi. Boshqa ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlikni kengaytirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, jamg‘arma rahbariyati Buyuk Britaniyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik stipendiatlar bilan uchrashib, ularning o‘zlashtirishi, yashash sharoiti, moslashuvi va kelgusidagi rejalarini muhokama qildi.

Erishilgan kelishuvlar o‘zbekistonliklarning britan ta’limiga erishish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mamlakat uchun ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish