Bokuda Turkiy dunyo bastakorlari uyushmasi tashkil etildi

Sentabr 21, 2026. 14:00 • 2 daq

153
Bokuda Turkiy dunyo bastakorlari uyushmasi tashkil etildi

BOKU, 21-sentabr. /“Dunyo” AA/. 19-sentabr kuni Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasida Uzeyir Hojibeyli nomidagi XVIII Xalqaro musiqa festivali doirasida turkiy dunyo bastakorlarining birinchi qurultoyi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forumda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, Turkmaniston va Vengriyaning musiqa yo‘nalishi vakillari ishtirok etdi.

Ozarbayjonning “AZERTAC” davlat axborot agentligining xabar berishicha, qurultoyda turkiy mamlakatlarning madaniyat va san’at idoralari vakillari musiqa san’ati sohasida professional hamkorlikka asos solgan Boku deklaratsiyasini imzoladi.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi prezidenti Aktoti Raimqulovaning ma’lum qilishicha, forum davomida turkiy mamlakatlarning yetakchi musiqa tashkilotlari vakillari Turkiy dunyo bastakorlari uyushmasi (Turkic Union of Composers, TUC)ga asos solgan.

Aktoti Raimqulova turkiy musiqa va dunyo bastakorlari ijodini birgalikda targ‘ib qilish, yosh ijodkorlar va yangi ijodiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uyushmaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.

Yangi uyushma turkiy mamlakatlarning bastakorlari, musiqashunoslari, ijrochilari, konservatoriyalari, musiqa akademiyalari va ijodiy uyushmalarini birlashtirishga qaratilgan.

“AZERTAC” surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish