Al-Kuvaytda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston-Iroq muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Iyul 07, 2026. 11:00 • 2 daq
• 133
AL-KUVAYT, 7-iyul. /“Dunyo” AA/. Kuvaytda O‘zbekiston va Iroq elchixonalari vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Iroqning Kuvaytdagi vakili Ali al-Tayi bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, konsullik va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning bugungi holati hamda kelgusidagi istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, sheriklikni kengaytirish va qo‘shma tadbirlarni birgalikda tashkil etish bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi.
Muzokaralar davomida mintaqalararo transport koridorlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ikki davlat vazirliklari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha fikr almashildi.
Savdo aloqalarini kengaytirish maqsadida bojxona sohasida o‘zaro maʼmuriy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishish jarayonini tezlashtirishga kelishib oldi.
Shu bilan birga, iroqlik tadbirkorlardan iborat delegatsiyaning Toshkentga rejalashtirilayotgan tashrifi hamda uning doirasida qo‘shma biznes-forum tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Iroq diplomati O‘zbekiston tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslarni yuqori baholab, barcha yo‘nalishlarda vakolatli idoralar bilan yaqin va samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi