Buxoroda O‘zbekiston–Turkiya rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi
May 25, 2026. 21:30 • 2 daq
• 224BUXORO, 26-may. /“Dunyo” AA/. Buxoro davlat texnika universitetida “Global raqobatbardoshlik uchun oliy taʼlim sohasida O‘zbekiston–Turkiya hamkorligini rivojlantirish” mavzusida O‘zbekiston va Turkiya rektorlarining IV forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Forumda O‘zbekiston va Turkiyaning 60 ga yaqin oliy taʼlim muassasasi rahbarlari, rektorlar, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.
Xalqaro tadbir doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Turkiya Oliy taʼlim kengashi Ijroiya qo‘mitasi aʼzosi, delegatsiya rahbari Erol Arjakliog‘lu, O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Asror Norov, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Odilov hamda universitet rektori Sadoqat Siddiqova qatnashdi.
Shuningdek, ikki mamlakatning yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirokida yalpi majlislar o‘tkazildi. Unda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, taʼlim sifatini oshirish, innovatsion hamkorlikni kengaytirish va akademik integratsiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Forum yakunlari bo‘yicha universitetlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘nlab memorandum va “yo‘l xaritalari” imzolandi. Shuningdek, kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi








