Logo

Toshkentda nufuzli xalqaro yuridik kompaniyaning ofisi ochildi

Noyabr 30, 2025. 13:59 • 54 soniya

72
Toshkentda nufuzli xalqaro yuridik kompaniyaning ofisi ochildi

LONDON, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/. Londondagi elchixona tashabbusi va ko‘magi bilan Toshkentda “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP” xalqaro yuridik kompaniyasining ofisi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

1830-yilda tashkil etilgan “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP” hozirgi vaqtda dunyodagi eng qadimgi va nufuzli yuridik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Hozirda uning dunyoning 19 ta yirik shaharlarida – London, Nyu-York, Vashington, Xyuston, Parij, Rim, Bryussel, Jeneva, Milan, Frankfurt-Mayn, Pekin, Bogota, Buenos-Ayres, Mexiko, Dubay, Maskat, Ar-Riyod va Ostonada o‘z ofislari mavjud.

Kompaniya o‘zining xalqaro tajribasi va transchegaraviy bitimlar va nizolar bo‘yicha ixtisoslashuvi bilan mashhur. U korporativ huquq, xalqaro huquq, soliq huquqi, moliya huquqi, immigratsiya qonuni, sud jarayoni va arbitraj yo‘nalishlari bo‘yicha keng ko‘lamli yuridik xizmatlarni taqdim etadi.

2024-2025-yillar davomida “Curtis, Mallet-Prevost, Colt & Mosle LLP” xalqaro yuridik kompaniyasining Londondagi ofisi rahbariyatining O‘zbekistonga bir qator tashriflari tashkil etildi. Uning doirasida tomonlar ushbu yuridik firmaning Toshkentda ofisini ochish masalalarini muhokama etishdi.

Kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati mamlakatda investitsiyaviy muhitni yana-da yaxshilash va yirik shartnomalarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maslahat yordami ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish