Tokioda o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislarini Yaponiyada o‘qitish masalalari muhokama qilindi
Avgust 31, 2026. 10:30 • 2 daq
• 219
TOKIO, 31-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Muhsinxo‘ja Abdurahmonov Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vaziri o‘rinbosari Xiromasa Niki bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda sog‘liqni saqlash, tibbiy kadrlarni tayyorlash, farmatsevtika va iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Yaponiyaning O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan xalqaro tadbirlardagi ishtiroki masalalari ko‘rib chiqildi.
Ikki mamlakat sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini tayyorlash hamda o‘zbekistonlik tibbiyot mutaxassislarini Yaponiyaning yetakchi muassasalarida o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tomonlar Tokusima prefekturasida mahalliy hokimiyat organlari, ishbilarmon doiralar vakillari va salohiyatli investorlar ishtirokida ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazish yuzasidan fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida sog‘liqni saqlash va tibbiyot sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha muntazam ishchi muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi