Rossiyaning Primore o‘lkasi hamda Zarafshon va Bekoboddagi ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi

Oktabr 09, 2026. 14:30 • 2 daq

• 104
Rossiyaning Primore o‘lkasi hamda Zarafshon va Bekoboddagi ta’lim muassasalari o‘rtasida tajriba almashish yo‘lga qo‘yiladi

VLADIVOSTOK, 9-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Rossiyaning Primore o‘lkasi kasb-hunar ta’limi va bandlik vaziri o‘rinbosari Larisa Xasbutdinova bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar mahalliy kollej va litseylarda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, Bosh konsullikka biriktirilgan vatandosh yoshlar uchun ta’lim grantlari ajratish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Larisa Xasbutdinova Zarafshon shahri va Bekobod tumanidagi texnikumlar hamda Primore o‘lkasi professional ta’lim muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, ta’lim sohasida hududlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash imkoniyati muhokama qilindi.

Rossiya tomoni Zarafshon va Bekoboddagi texnikumlar rahbariyatini tajriba almashish hamda mahalliy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish uchun Primore o‘lkasiga taklif etish rejalari haqida ma’lum qildi.

Mintaqaviy darajada Bosh konsullikka biriktirilgan yoshlar uchun grantlar ajratish hozircha ko‘zda tutilmagani qayd etildi. Ta’lim grantlari faqat federal darajada ajratiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish