Nodirbek Abdusattorov Budapeshtdagi xalqaro shaxmat turnirida ishtirok etmoqda

Noyabr 19, 2026. 17:30 • 2 daq

• 83
Nodirbek Abdusattorov Budapeshtdagi xalqaro shaxmat turnirida ishtirok etmoqda

BUDAPЕSHT, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. Vengriya poytaxtida “Total Chess” tashabbusi bilan “Norway Chess” tashkiloti va Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ko‘magida “Total Chess World Championship Tour Pilot” xalqaro shaxmat turniri tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Musobaqada Norvegiya, AQSh, Germaniya, O‘zbekiston, Hindiston, Niderlandiya, Fransiya, Polsha, Vetnam, Vengriya, Ozarbayjon, Armaniston va Qozog‘istondan 24 nafar shaxmatchi hamda FIDE vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston sharafini jahonning yetakchi shaxmatchilari safidan joy olgan xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qilayapti.

Turnir dasturi uch yo‘nalish – “Fast Classic”, “Rapid” va “Blitz”ni o‘z ichiga oladi. Guruh bosqichi 11–15-noyabr kunlari bo‘lib o‘tdi, yarim final bahslari 17–18-noyabr kunlari o‘tkazildi, final uchrashuvlari esa 19–20-noyabr kunlariga rejalashtirilgan.

Turnirning rasmiy marosimi doirasida O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi Oybek Shaxavdinov Nodirbek Abdusattorov bilan o‘tkazilgan shaxmat partiyasida ramziy ilk yurishni amalga oshirdi.

Elchixona diplomatlari ham turnir doirasidagi tadbirlarda faol qatnashib, o‘zbekistonlik grossmeysterni qo‘llab-quvvatlamoqda. Nodirbek Abdusattorovning musobaqadagi ishtiroki O‘zbekistonni xalqaro sport maydonida munosib namoyon etmoqda.

Ushbu nufuzli turnirning Budapeshtda o‘tkazilishi yetakchi shaxmatchilar va xalqaro shaxmat hamjamiyati vakillarini birlashtirib, shaxmatni ommalashtirish hamda mamlakatlar o‘rtasidagi sport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish