Chjan Lifen: O‘zbekiston istiqboli juda porloq
Avgust 15, 2026. 09:10 • 2 daq
• 148
PEKIN, 15-avgust. /“Dunyo” AA/. Shimoliy Xitoy texnologiya universiteti prezidenti Chjan Lifen O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– Avvalo, O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan chin dildan tabriklayman!
So‘nggi yillarda universitetimiz mamlakatingizning qator oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini sezilarli darajada kengaytirmoqda.
O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurganman. Safarim davomida professorlar va rektorlar ishtirokidagi turli uchrashuv va anjumanlarda qatnashdim. Yurtingizning boy tarixi va zamonaviy taraqqiyoti menda katta taassurot qoldirgan.
O‘tgan yili O‘zbekistondagi universitetlar va turli korxonalarda bo‘lganimda, u yerdagi kishilarning baxtiyor ekani va astoydil mehnat qilayotganini his qildim. O‘zbekiston istiqboli juda porloq ekanini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim.
So‘zim yakunida yana bir bor ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga tinchlik, hamjihatlik va farovonlik tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi