Isroildagi festivalda O‘zbekiston madaniyati va turizm salohiyati namoyish etildi

Avgust 15, 2026. 13:30 • 2 daq

118

XOLON, 15-avgust. /“Dunyo” AA/. Isroilning Xolon shahrida O‘zbekiston madaniyati, tarixi va turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan festival o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xolon munitsipaliteti, Buxoro yahudiylari jahon kongressi hamda O‘zbekiston elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat idoralari, jamoat tashkilotlari, ishbilarmon doiralar, turizm sohasi vakillari va mahalliy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Festival dasturi orqali mehmonlar O‘zbekistonning milliy urf-odatlari va an’analari bilan yaqindan tanishdi. Musiqa, milliy raqslar va sahna chiqishlari mamlakatimizning boy madaniy merosini namoyon etdi.

Mehmonlarga Samarqand, Buxoro, Xiva singari tarixiy shaharlar, milliy madaniyat va an’analar, shuningdek, zamonaviy sayyohlik infratuzilmasi haqida ma’lumot berildi.

Festivalda O‘zbekistonning qadimiy merosi va zamonaviy taraqqiyotini uyg‘unlashtirgan turistik qiyofasi namoyish etildi. Bu esa ishtirokchilarda mamlakatimizga sayohat qilish va uning madaniy merosi bilan bevosita tanishishga qiziqish uyg‘otdi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bu kabi tadbirlar O‘zbekiston va Isroil o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni mustahkamlash, madaniy muloqotni kengaytirish hamda keng jamoatchilikning mamlakatimiz madaniyati va turizmiga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish