Vengriya matbuoti: O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan ta’lim va ilmiy hamkorligi tobora kengaymoqda

Avgust 15, 2026. 11:00 • 2 daq

66
Vengriya matbuoti: O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan ta’lim va ilmiy hamkorligi tobora kengaymoqda

BUDAPESHT, 15-avgust. /“Dunyo” AA/. Vengriyaning ommabop "Origo" yangiliklar portalida Markaziy Osiyo mamlakatlarining ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda Markaziy Osiyo mamlakatlari qadimdan bilim va ilmiy an’analar almashinuvi markazi bo‘lib kelgani ta’kidlangan. Bugun ushbu imkoniyatlarni SHHT doirasida qo‘shma ta’lim va ilmiy-tadqiqot dasturlari orqali yanada rivojlantirish taklif etilmoqda.

Akademik mobillik uchun shart-sharoit yaratish, diplomlarni o‘zaro tan olish, qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Maqolada O‘zbekistonning ta’lim va ilm-fan sohasidagi yutuqlari ham keltirilgan. 2025-yilda mamlakatning 250 nafardan ziyod yosh olimi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlarida amaliyot o‘tagan. Magistratura va doktoranturaga qabul uchun esa 5 250 ta o‘rin yaratilgan. 50 mingdan ziyod yoshlar yoshlar texnoparklari dasturlarida ishtirok etgan.

Nashrda yozilishicha, O‘zbekistonning SHHT mamlakatlari bilan hamkorligi tobora rivojlanmoqda. 2025-yilda mamlakatda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy va Pokistondagi hamkorlar bilan birgalikda qo‘shma ilmiy loyihalar tayyorlashda ishtirok etgan. 140 nafardan ziyod yosh tadqiqotchi va mutaxassis Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston va Hindistondagi ilmiy-ta’lim markazlarida amaliyot o‘tagan.

Yoshlar hamkorligiga misol sifatida Toshkentda o‘tkazilgan “Kelajak muhandislari” festivali doirasida tashkil etilgan “SHHTning 100 nafar bo‘lajak innovatsion lideri” xalqaro tanlovi keltirilgan. Unda SHHT mamlakatlaridan talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda muhandislik-texnika jamoalari ishtirok etgan.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish