Li Szigo: O‘zbekiston Yevroosiyoda Sharq va G‘arbni bog‘lovchi muhim transport xabiga aylanmoqda

Avgust 14, 2026. 17:00 • 2 daq

138
Li Szigo: O‘zbekiston Yevroosiyoda Sharq va G‘arbni bog‘lovchi muhim transport xabiga aylanmoqda

PEKIN, 14-avgust. /“Dunyo” AA/. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xitoy xalqaro muammolar akademiyasi Yevroosiyo instituti direktori Li Szigo O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– Bu yil O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi nishonlanmoqda. Mamlakat xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan chin dildan tabriklayman!

O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Bu yutuqlar milliy davlatchilik qurilishi, siyosiy tizimning shakllanishi, iqtisodiy sohadagi yorqin natijalar va keng qamrovli ijtimoiy taraqqiyotni o‘z ichiga oladi.

Ayniqsa, so‘nggi 10 yildagi yuksalish yaqqol sezilmoqda. Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun mintaqadagi eng jozibador mamlakatga aylandi.

Xususan, so‘nggi yillarda Xitoy kompaniyalarining respublikadagi investitsiya faoliyatiga qiziqishi keskin ortdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda ularning soni 6 mingdan oshadi.

Yangi davrda ikki mamlakat o‘rtasidagi har qanday sharoitga moslashuvchan strategik sheriklik – Shanxay hamkorlik tashkiloti va “Markaziy Osiyo – Xitoy” kabi mexanizmlar doirasida ko‘plab manfaatli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yangi transport yo‘laklari tufayli O‘zbekiston dengiz yo‘llariga qulay chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib, Yevroosiyo markazidan qitʼaning g‘arbi va sharqini bog‘laydigan transport xabi sifatida strategik ko‘prikka aylanmoqda.

“Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘lining qurilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlaydi. Yevroosiyo qitʼasidagi markaziy geografik joylashuvi tufayli O‘zbekiston Sharq va G‘arbni, Shimol va Janubni bog‘laydigan tranzit yo‘llarning eng muhim chorrahasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish