Isroilda diplomatlar va vatandoshlar O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonladi
Sentabr 03, 2026. 19:30 • 2 daq
• 83
TEL-AVIV, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab vatandoshlar uchun madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda mustaqil taraqqiyot yillari davomida mamlakatimiz erishgan asosiy yutuqlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy o‘zgarishlar, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, aholi farovonligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Elchixonaning O‘zbekiston fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash, ularning Isroilda xavfsiz va qonuniy yashashi hamda ishga joylashishi masalalari, mavjud konsullik xizmatlari bo‘yicha faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida vatandoshlar xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlayotgani va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilayotgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik izhor etdi. Ular kelajakda Vatanga qaytib, uning rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanini ham taʼkidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi