O‘zbekiston diplomatlari va vatandoshlarimiz Germaniyaning Leverkuzen shahrida milliy an’analarimizni namoyish etdilar

Oktabr 07, 2026. 10:00 • 2 daq

• 190

LЕVЕRKUZЕN, 7-oktabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning Leverkuzen shahrida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida “Sharqona” jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ushbu hududdagi turli shaharlarda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar hamda mahalliy jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bayram tadbiri “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazildi. Uchrashuvda yurt taraqqiyotiga daxldorlik hissini kuchaytirish, birdamlikni mustahkamlash va yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbirda xalqimizning boy madaniy merosi, milliy qadriyat va an’analarini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi. Hamyurtlar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etildi, milliy sport va xalq o‘yinlari tashkil etildi. O‘zbek milliy taomlari, xususan, besh xil usulda palov tayyorlandi.

Xorijdagi vatandoshlar bilan suhbat jarayonida O‘zbekiston bilan ma’naviy-madaniy rishtalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Diplomatlar hamyurtlarimizni qiziqtirgan savollarga javob berdi, ularning taklif va tashabbuslari tinglandi.

Mazkur tadbir Germaniyada istiqomat qilayotgan yurtdoshlarni bir davra atrofida jamlash, ular o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, milliy madaniyat va an’analarni yosh avlodga yetkazishga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish