Istanbulda vatandoshlar ishtirokida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi nishonlandi
Oktabr 29, 2026. 14:00 • 50 soniya
• 114ISTANBUL, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi Turkiyaning “Kalyon Holding” qurilish kompaniyasida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir doirasida taniqli o‘zbek shoirasi, professor Sayyora To‘ychiyeva ishtirokida she’riyat kechasi o‘tkazildi. Uning ijrosida vatan, mustaqillik va milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi she’rlar yangradi.
Shuningdek, san’atkorlar Aziz Rajabiy va Adolat Ismoilova tomonidan o‘zbek milliy musiqasining boy an’analarini o‘zida mujassam etgan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Uchrashuvda xorijda ishlayotgan fuqarolarning vatan bilan aloqalarini kuchaytirish, ular doimo davlat e’tiborida va g‘amxo‘rligida ekanini his etishlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi



