“Gulf Times”: O‘zbekiston va Qatar sherikligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Sentabr 11, 2026. 10:30 • 2 daq
• 183
DOHA, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. Qatarning “Gulf Times” nashrida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda taʼkidlanishicha, Toshkent va Doha o‘rtasidagi munosabatlar jadal mustahkamlanib, ikki mamlakat hamkorligi diplomatik aloqalar doirasidan ancha kengaymoqda. Sarmoya, savdo, energetika, infratuzilma, transport, turizm va taʼlim kabi sohalarda qator qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
Maqolada hamkorlikka yangi surʼat bag‘ishlagan ikki davlat rahbarlarining 2023-yildagi davlat tashriflariga alohida eʼtibor qaratilgan. 2024-yil aprel oyida O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. 2025-yil avgust oyida Dohada Strategik sheriklik bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Gulf Times”ning yozishicha, O‘zbekiston Qatar uchun istiqbolli bozor bo‘lib, investitsiyalar uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Qatar esa O‘zbekiston uchun yuqori sarmoyaviy salohiyatga ega muhim sherik sanaladi.
Gazetada iqtisodiy va gumanitar aloqalarni yanada kengaytirish, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va jahon bozorlari o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘in sifatidagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi