Bakuda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi

Sentabr 11, 2026. 08:10 • 2 daq

243
Bakuda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi
Bakuda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi
Bakuda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi
Bakuda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi
Bakuda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi

BOKU, 11-sentabr. /“Dunyo” AA/. Ozarbayjon poytaxtidagi “The Ritz-Carlton” mehmonxonasida O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev, davlat idoralari, parlament, diplomatik korpus, xalqaro tashkilotlar, siyosiy, ishbilarmon, ilmiy va madaniy doiralar vakillari, OAV xodimlari hamda o‘zbek diasporasi vakillaridan iborat 500 nafardan ortiq mehmon ishtirok etdi.

Tantanali marosimda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov so‘zga chiqib, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat va jamiyat qurilishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Elchi milliy o‘zligi va boy madaniy merosini saqlab qolgan holda barpo etilayotgan Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosati va inson manfaatlariga qaratilgan islohotlarini alohida eʼtirof etdi.

Ozarbayjon Bosh vaziri o‘rinbosari Shahin Mustafoyev Ozarbayjon hukumati nomidan O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, mamlakatimizga tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tiladi.

U O‘zbekistonning so‘nggi yillarda erishgan yutuqlari, mustahkamlanib borayotgan xalqaro obro‘-eʼtibori va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikning yangi arxitekturasini shakllantirishdagi rolini yuqori baholadi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuqori darajasi va dinamikasiga alohida urg‘u berildi. So‘nggi 5 yilda davlat rahbarlarining 16 ta o‘zaro tashrifi amalga oshirilgani, bu esa siyosiy muloqotga kuchli turtki berib, aloqalarni ittifoqchilik darajasiga ko‘targani taʼkidlandi.

Xususan, joriy yilning 23–24 avgust kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi va uning yakunlari bo‘yicha imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning tarixiy ahamiyati qayd etildi.

Oxirgi 5 yilda o‘zaro savdo hajmi uch baravarga ortgani, qo‘shma loyihalar portfeli 5 milliard dollardan oshgani hamda Fizuli shahrida barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi umumtaʼlim maktabi ikki xalq do‘stligining yorqin ramzi sifatida alohida taʼkidlandi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning boy madaniy va turistik salohiyati namoyish etildi. Qatnashchilarga o‘zbek hunarmandchilik buyumlari va milliy liboslar ko‘rgazmasi taqdim etildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva hamda Farg‘ona vodiysining diqqatga sazovor joylari haqidagi videoroliklar namoyish etildi. Maxsus taklif etilgan oshpaz tomonidan tayyorlangan o‘zbek milliy taomlari tortiq qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish