Uve Knotser: O‘zbekiston o‘z kelajagiga sarmoya kiritib, yangi imkoniyatlar yaratmoqda
Sentabr 10, 2026. 18:30 • 3 daq
• 176
BERLIN, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. Germaniyaning “Knauf Group” kompaniyasi ijrochi hamkori Uve Knotser “Dunyo” axborot agentligi orqali mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga o‘zining samimiy tabrik va ezgu tilaklarini yo‘lladi:
– O‘tgan yillar davomida biz O‘zbekistonning sezilarli taraqqiyotiga guvoh bo‘ldik. Mamlakat xalqaro hamkorlik uchun tobora ochiq bo‘lib bormoqda, sanoat va infratuzilmaga sarmoya kiritmoqda hamda uzoq muddatli investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratmoqda.
“Knauf” O‘zbekistonda 1999-yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan va mamlakatga katta sarmoya kiritgan kompaniyalardan biridir. Biz nafaqat qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, balki kasb-hunar taʼlimi, texnologiyalar transferi va yuqori sifat standartlarini joriy etishga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan faxrlanamiz.
2009-yilda Buxoro viloyatida quruq gips aralashmalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Ushbu loyiha ayni paytda zamonaviy gipsokarton ishlab chiqarish korxonasiga aylangan. Bugungi kunda O‘zbekistonda kompaniyamizning uchta gips ishlab chiqarish korxonasi mavjud.
Yana bir muhim yutuqlarimizdan biri – Toshkent shahrida mineral paxta (mineral wool) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganimiz. Bu energiya samaradorligi yuqori va barqaror binolar uchun ortib borayotgan talabni qondirishga xizmat qilmoqda.
Biz ancha paytdan buyon yuqori malakali va fidoyi o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birga ishlab kelayapmiz. Investor nuqtai nazaridan aytadigan bo‘lsam, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar ochiqlik, sanoat taraqqiyoti va ilg‘or tashabbuslarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda davlat idoralari va tadbirkorlar o‘rtasidagi sheriklik tobora kengaymoqda.
Tizimdagi barqarorlik, sog‘lom raqobat hamda qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida samarali ijrosi O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshiradi.
O‘zbekistonda energiya samaradorligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Kasb-hunar taʼlimi va malaka oshirish, sanoatni raqamlashtirish hamda ilg‘or ishlab chiqarish sohalarida katta salohiyatni ko‘ryapman.
Bu rivojlanishga Germaniya o‘z texnologiyalari, muhandislik yechimlari va sanoatdagi ko‘p yillik tajribasi bilan hissa qo‘shishi mumkin. O‘zbekiston esa o‘sib borayotgan bozor, yosh va salohiyatli kadrlar hamda Markaziy Osiyodagi iqtisodiy markaz sifatida tobora yuksalmoqda.
Germaniya kompaniyalariga O‘zbekistonni nafaqat istiqbolli bozor, balki uzoq muddatli sanoat hamkorligi uchun ishonchli sherik sifatida tavsiya qilaman. Bizning 20 yildan ortiq davr mobaynidagi tajribamiz buni yaqqol isbotladi.
Mamlakat o‘z kelajagiga sarmoya kiritmoqda, yangi imkoniyatlar yaratmoqda va mintaqadagi muhim iqtisodiy sherik sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda. Bu esa hamkorligimiz kelajagiga bo‘lgan ishonchimni yanada mustahkamlaydi.
O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy tabriklagan holda, mamlakatga modernizatsiya va iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi