O‘zbekiston mahsulotlari Istanbuldagi ko‘rgazma orqali Turkiya bozoriga yo‘l ochmoqda

Sentabr 02, 2026. 17:00 • 2 daq

11
O‘zbekiston mahsulotlari Istanbuldagi ko‘rgazma orqali Turkiya bozoriga yo‘l ochmoqda
O‘zbekiston mahsulotlari Istanbuldagi ko‘rgazma orqali Turkiya bozoriga yo‘l ochmoqda
O‘zbekiston mahsulotlari Istanbuldagi ko‘rgazma orqali Turkiya bozoriga yo‘l ochmoqda
O‘zbekiston mahsulotlari Istanbuldagi ko‘rgazma orqali Turkiya bozoriga yo‘l ochmoqda

ISTANBUL, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Istanbul shahrida 26–29-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan “F-Istanbul” xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasida o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Made in Uzbekistan” milliy stendi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi hamda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ko‘magida tashkil etildi. Ekspozitsiya 800 kvadrat metr maydonni egalladi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Sherzod Ibragimov ishtirok etdi. U mamlakatimizda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, milliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda eksport hajmi va geografiyasini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘zlab berdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning 70 ta korxonasi, jumladan, “Lord Fruits”, “GardenCells”, “Isko”, “Eco Life Fruits”, “Sfad”, “Ermak”, “Chortoq” va “Avvali” kabi kompaniyalar o‘z mahsulotlari bilan qatnashdi.

Milliy stendda yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, qandolatchilik mahsulotlari, quritilgan va qadoqlangan mahsulotlar, ichimliklar hamda boshqa oziq-ovqat tovarlari namoyish etildi.

O‘zbekiston kompaniyalarining ishtiroki xorijiy xaridorlar va biznes vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘rgazma doirasida B2B formatidagi uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvlar yakunida yangi eksport shartnomalarini tuzish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur ko‘rgazma o‘zbek korxonalariga o‘z mahsulotlarini xalqaro xaridorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etish, Turkiya va boshqa mamlakatlardan yangi hamkorlar topish hamda eksport geografiyasini yana-da kengaytirish imkonini berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish