“Al-Diplomacy”: O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanmoqda

Sentabr 02, 2026. 16:30 • 2 daq

67
“Al-Diplomacy”: O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanmoqda

QOHIRA, 2-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Misrning “Al-Diplomacy” nashrida O‘zbekiston Prezidentining Serbiyaga kutilayotgan tashrifi va ikki mamlakat o‘rtasida jadal rivojlanayotgan ko‘p qirrali munosabatlarga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muallifning yozishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasida yuqori darajadagi ikki tomonlama munosabatlar tobora rivojlanmoqda. Sheriklik aloqalari savdo, investitsiya, transport-logistika, mehnat migratsiyasi va gumanitar sohalardagi qo‘shma loyihalar bilan boyitilmoqda.

Nashrda 2025–2026-yillardagi oliy darajadagi muloqotlar, xususan, Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning Toshkentga tashrifi, parlamentlar va vazirliklararo munosabatlarning faollashgani alohida qayd etilgan.

Maqolada Toshkent va Belgrad o‘rtasidagi strategik sheriklikning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan. Iqtisodiy va savdo sohasida ikki mamlakat savdo ro‘yxatini kengaytirish va Serbiyaning Yevropa Ittifoqi bozorlariga chiqish imkoniyatlaridan foydalangan holda qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish ustida ishlamoqda.

Transport-logistika sohasida “Air Serbia” orqali Toshkent va Belgrad o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda temir yo‘l orqali yuk tashishni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish