Shvetsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Sentabr 10, 2026. 21:30 • 2 daq
• 98
TOSHKENT, 10-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shvetsiyaning mamlakatimizdagi yangi tayinlangan elchisi Martin Rozenni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Shvetsiyaning Qirolligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Martin Rozen janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qilishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – So‘nggi yillarda O‘zbekiston–Shvetsiya munosabatlari sezilarli darajada faollashmoqda.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni rag‘batlantirish muhimligi qayd etildi.
Elchi janoblariga yangi vazifasida muvaffaqiyatlar tilab, o‘zaro munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun birgalikda ishlashga tayyor ekanimizni bildirdik”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Belgiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 8-aprelda o‘rnatilgan.
Martin Rozen 2022–2026-yillarda Shvetsiyaning O‘zbekistondagi elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan Tomas Danestad o‘rniga tayinlandi.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi