Toshkentda “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi

Avgust 14, 2026. 11:00 • 2 daq

95
Toshkentda “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro konferensiya boshlandi

TOSHKENT, 14 avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun poytaxtimizda “Mustaqil O‘zbekiston – 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Konferensiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Adliya vazirligi, Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamda Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan siyosiy-huquqiy, konstitutsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, parlamentarizmni rivojlantirish, milliy qonunchilikni takomillashtirish, iqtisodiy transformatsiya, inson kapitali hamda ekologik barqarorlik masalalari muhokama qilinmoqda.

Tashkil etilayotgan uchrashuvlarda Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, shuningdek, BMT, Osiyo taraqqiyot banki, YUNISEF va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiya davomida parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, qonunchilik sohasida tajriba almashishni kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga qaratilgan Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish