Chexiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

Noyabr 19, 2026. 13:00 • 2 daq

• 275
Chexiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan vatandoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi

PRAGA, 19-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Chexiyada qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ma’lum bo‘lishicha, hamyurtimiz Z.H. 2022-yilda ishlash maqsadida Polshaga borib, vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirgan. Biroq doimiy ish topa olmagani sababli 2024-yilda Chexiyaga yo‘l olgan.

U Chexiyada turli kunlik ishlar, jumladan, farroshlik bilan shug‘ullangan. Ammo huquqiy maqomini rasmiylashtira olmagani va daromadi yetarli bo‘lmagani sababli og‘ir moddiy ahvolga tushib qolgan.

O‘zbekistonga qaytish uchun yetarli mablag‘i bo‘lmagani sababli yurtdoshimiz elchixonaning konsullik bo‘limiga murojaat qilgan.

Elchixona tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida vatandoshimiz 17-noyabr kuni Praga–Istanbul–Samarqand yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga qaytib keldi.

O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularning Vatanga qaytishiga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini izchil davom ettirmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish