Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk shaharlarida qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarildi

Noyabr 24, 2026. 17:00 • 58 soniya

• 152
Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk shaharlarida qiyin vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimiz Vatanga qaytarildi

VLADIVOSTOK, 24-noyabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk shaharlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida moddiy qiyinchiliklarga duch kelgan vatandoshlarimizga amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, hamyurtlarimiz – sirdaryolik T.S, buxorolik M.O va namanganlik T.X hamda uning farzandlari Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan vatanga qaytishi ta’minlandi.

Mazkur ko‘mak xorijda mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlardan biridir.

O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi konsullik muassasasi bundan buyon ham xorijda mehnat qilayotgan va vaqtincha istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmasdan, ularning muammolarini hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini izchil davom ettiradi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish