Logo

Polshada mushkul vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

Fevral 23, 2026. 12:52 • 2 daq

107
Polshada mushkul vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi
Polshada mushkul vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi
Polshada mushkul vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi
Polshada mushkul vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi
Polshada mushkul vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi

VARSHAVA, 23-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi hamkorligida og‘ir moddiy qiyinchilikka tushib qolgan bir guruh hamyurtlarimiz vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aniqlanishicha, vatandoshlarimizning mushkul vaziyatlarga tushib qolishiga turli holatlar sabab bo‘lgan. Kimdir hujjatlarini yo‘qotgani bois ishga joylasha olmagan bo‘lsa, boshqa birov mehnat faoliyati davomida og‘ir xastalikka chalingan.

Jumladan, hujjatlarini yo‘qotib, ishsiz va og‘ir moliyaviy ahvolga tushib qolgan xorazmlik hamyurtimiz Yu.A politsiya organlari tomonidan ushlanganidan so‘ng, unga zudlik bilan konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi. Unga Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda aviachipta va vaqtinchalik qaytish sertifikati rasmiylashtirildi hamda vatanga qaytarildi.

Hujjatlari o‘g‘irlanib mushkul vaziyatga tushib qolgan qashqadaryolik yurtdoshimizga ham o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilib, O‘zbekistonga qaytishi taʼminlandi.

Lodz voyevodaligi Velyun shahrida yurak xuruji oqibatida vafot etgan, namanganlik vatandoshimizning jasadi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonga qaytarildi.

Polshadagi logistika kompaniyasida ishlagan va xizmat safari davomida Estoniyaning Tartu shahrida insultga uchragan toshkentlik Z.Mga ham har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatildi. U O‘zbekistonning Polsha va Latviyadagi elchixonalari, Migratsiya agentligi hamda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi ko‘magida maxsus tibbiy jihozlar va shifokorlar kuzatuvida “Riga–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha vatanga olib kelinib, shifoxonaga joylashtirildi.

Shuningdek, ish joyida baxtsiz hodisa natijasida oyog‘i singan andijonlik T.Iga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda O‘zbekistonga qaytarilishi taʼminlandi.

Bundan tashqari, ish joyida yiqilib, miya chayqalishi oqibatida kasalxonaga joylashtirilgan namanganlik N.Aning holati doimiy nazoratga olinib, unga zarur tibbiy muolajalarni olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Elchixona diplomatlari fuqarolarimiz duch kelayotgan bu kabi muammolarni tizimli o‘rganish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Diplomatlar hamyurtlarimizning yashash joylari (xostellar) va mehnat faoliyatini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish