MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi taqdim etildi

Noyabr 14, 2026. 17:30 • 2 daq

• 17
MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi taqdim etildi
MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi taqdim etildi
MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi taqdim etildi
MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi taqdim etildi
MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi taqdim etildi

MOSKVA, 14-noyabr. / “Dunyo” AA/. Rossiyaning VK (VKontakte) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Moskvada o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston OAV vakillari hamda soha mutaxassislari qatnashdi. Taqdimotda MAX jamoasi platformaning rivojlanishi, yangi imkoniyatlari, foydalanuvchilar uchun qulayliklar va xavfsizlik choralari haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston MAX messenjeridan foydalanuvchi xorijiy davlatlar orasida birinchi o‘rinda turadi. Platformaning 11,5 million nafar xorijiy foydalanuvchisidan 4 millioni O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakatimizda har kuni MAX orqali 11,7 million ta xabar yuborilib, 1,3 million ta audio va video qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.

Ushbu messenjer foydalanuvchilarga chatlar, audio va video qo‘ng‘iroqlar, kanallar, hikoyalar, 4 GB gacha bo‘lgan fayllarni yuborish hamda ovozli xabarlarni matnga aylantirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, ikki bosqichli autentifikatsiya, maxfiylik sozlamalari va firibgarlikdan himoya qilish kabi xavfsizlik vositalari mavjud.

Tadbirda MAX rahbariyati o‘zbek tilidagi interfeysning joriy etilishi O‘zbekiston auditoriyasi bilan muloqotni yanada qulaylashtirish va platformaning xalqaro rivojlanishida muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish