Buryatiyadagi qurilishda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga jo‘natiladi, ikkinchi hamyurtimiz shifoxonaga yotqizildi

May 13, 2026. 20:11 • 2 daq

119
Buryatiyadagi qurilishda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga jo‘natiladi, ikkinchi hamyurtimiz shifoxonaga yotqizildi

NOVOSIBIRSK, 13-may. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 8-may kuni Buryatiya Respublikasi poytaxti Ulan-Ude shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosining 7-qavatidan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yiqilib, jiddiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga ko‘ra, zudlik bilan Buryatiya huquqni muhofaza qilish organlari bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan va vaziyat alohida nazoratga olingan.

Aniqlanishicha, minorali kran boshqaruvchisi ehtiyotsizlik oqibatida qurilish havozalariga shikast yetkazgan, natijada qurilmada xavfsizlik kamarisiz bo‘lgan fuqarolar pastga qulagan.

Jabrlanganlardan biri og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, ikkinchi fuqaro, afsuski, vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Buryatiya huquq-tartibot idoralari tomonidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 217-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh konsulxona tomonidan Migratsiya agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga jo‘natish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish