Misrning yirik turoperatori bilan sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi

Avgust 02, 2026. 12:00 • 2 daq

90
Misrning yirik turoperatori bilan sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi

QOHIRA, 2-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Misrdagi elchixonasida ushbu mamlakatning yetakchi “Spring tours” turistik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning turizm sohasidagi strategik islohotlari haqida so‘z yuritildi. Mamlakatimizga Misrdan sayyohlar oqimining tobora kengayayotgani e’tirof etildi.

“Spring tours” kompaniyasi vakillari – shartnomalar tuzish va bron qilish bo‘limi direktori Valid Metvalli hamda katta menejer Ahmed Donya O‘zbekiston hukumati va Turizm qo‘mitasi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik aloqalari, sheriklikdagi loyihalar xususida fikr bildirdi.

1975-yilda tashkil etilgan “Spring tours” Misrdagi eng yirik va yetakchi sayyohlik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya Nil daryosida harakatlanuvchi shaxsiy kruiz kemalari, 100 dan ortiq zamonaviy avtotransport parki hamda Qohira, Sharm-esh-Sheyx, Hurgada va Luksor shaharlaridagi o‘z filiallariga ega.

Korxona yiliga o‘n minglab xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatish bilan bir qatorda, Misr fuqarolarining xorijiy mamlakatlarga sayohatlarini tashkil etish bo‘yicha ham boy tajribaga ega.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish