O‘zbekistonda turistlar uchun yangi milliy esdalik sovg‘alari ishlab chiqilmoqda

Iyul 31, 2026. 12:30 • 57 soniya

182
O‘zbekistonda turistlar uchun yangi milliy esdalik sovg‘alari ishlab chiqilmoqda

TOSHKENT, 31-iyul. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda “Uzbek Gift Contest” respublika turistik esdalik sovg‘alari tanlovi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Hunarmand” uyushmasi va Badiiy akademiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, milliy hunarmandchilik sanʼatini turistlar uchun zamonaviy esdalik sovg‘asiga aylantirishga qaratilgan.

Birinchi bosqich 24-iyuldan 16 avgustga qadar dizaynerlar o‘rtasida o‘tkazilmoqda. Ishtirokchilar milliy hunarmandchilikning 25 ta yo‘nalishi bo‘yicha turistik esdalik sovg‘alarining eskizlari va g‘oyalarini taqdim etadilar.

Ikkinchi bosqich 20-avgustdan 20-sentyabrga qadar hunarmandlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan dizaynlar asosida tayyor buyumlar yaratiladi. Baholashda buyumning sifati, milliy koloriti, ixchamligi va hamyonbopligi asosiy mezon bo‘ladi.

Har bir bosqich yakunlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi. Sovrinli o‘rinlarni egallagan har bir ishtirokchi 5 million so‘m miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish