Logo

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari Rossiya kasaba uyushmalariga hamkorlikning yangi formatlarini taklif qildi

Mart 13, 2026. 11:00 • 2 daq

282
O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari Rossiya kasaba uyushmalariga hamkorlikning yangi formatlarini taklif qildi

MOSKVA, 13-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya tashrif bilan Moskva shahrida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif davomida Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Unda tomonlar ikki mamlakat kasaba uyushmalari tashkilotlarining muvaffaqiyatli hamkorligi, jumladan, bolalar turizmi dasturlarining amalga oshirilayotganini qayd etdilar.

Shuningdek, muloqot chog‘ida mavjud ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qilindi.

Turizm qo‘mitasi vakillari kasaba uyushmalarining ijtimoiy dasturlariga integratsiya qilinishi mumkin bo‘lgan O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini taqdim etdilar. Taqdimot davomida mamlakatimizning tarixiy shaharlari — Samarqand, Buxoro va Xiva bo‘ylab madaniy-maʼrifiy sayohatlarni tashkil etish hamda Tyan-Shan tog‘larida faol turizmni rivojlantirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot davomida canoat turizmi istiqbollariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekistonning zamonaviy sanoat korxonalari va erkin iqtisodiy zonalariga tanishuv tashriflarini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu turdagi tashriflarni tashkil etish Rossiya kasaba uyushmalari aʼzolarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro sayyohlar oqimini oshirishga qaratilgan hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish