Logo

11-13-noyabr kunlari Toshkentda "Transport va logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025" 21-xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

Noyabr 06, 2025. 11:27 • 2 daq

182
11-13-noyabr kunlari Toshkentda "Transport va logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025" 21-xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi

TOSHKENT, 6-noyabr. /"Dunyo" AA/. 11-13-noyabr kunlari "O'zekspomarkaz" MKMda "Transport va logistika - TransLogistica Uzbekistan 2025" 21-xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi va sohaning yetakchi mutaxassislari va ekspertlarini birlashtiradi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"TransLogistica Uzbekistan" – transport va logistika xizmatlari yetkazib beruvchilari, ishlab chiqaruvchilari va buyurtmachilari bevosita uchrashishlari, hamkorlik aloqalarini o'rnatishlari va biznesni rivojlantirish bo'yicha yechimlarni topishlari mumkin bo'lgan ixtisoslashgan maydon bo'lib, yuqori obro'ga ega biznes tadbirdir.

Ko'rgazmada quyidagilar namoyish etiladi:

• transportning barcha turlari: temir yo'l, avtomobil, havo va dengiz transportidagi so'nggi ishlanmalar va innovatsiyalar;

• transport va ombor jarayonlarini optimallashtirish uchun zamonaviy logistika xizmatlari va raqamli yechimlar;

• davlat infratuzilma loyihalari va xalqaro transport koridorlarining istiqbolli yo'nalishlari;

• yetakchi kompaniyalarning temir yo'llar, dengiz portlari, logistika xablarini qurish va harakatlanuvchi tarkib ishlab chiqarishdagi tajribasi.

13 mamlakatdan - Belarus, Germaniya, Hindiston, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Latviya, BAA, Pokiston, Rossiya, AQSH, Turkiya, O'zbekiston - 60 dan ortiq kompaniya "TransLogistica Uzbekistan 2025" ko'rgazmasida ishtirok etishini tasdiqladi.

11 va 12-noyabr kunlari ko'rgazma doirasida quyidagi muhim tadbirlar bo'lib o'tadi:

• "Uzbekistan Airports, Aviation and Logistics Forum" xalqaro aviatsiya va logistika forumi (11 noyabr)

• MDHga a'zo davlatlarning Transport bo'yicha muvofiqlashtiruvchi konferensiyasining (MDH KTS) 45-yig'ilishi (12 noyabr)

Forumlar tashkilotchisi – O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi.

Ishbilarmonlik dasturida muhokama qilinadigan masalalar ko'rgazma mavzusi bilan chambarchas mos keladi va uni to'ldiradi.

Tashrif buyuruvchilar uchun ko'rgazma nafaqat eng so'nggi texnologiyalar va uskunalar bilan tanishish imkoniyati, balki yangi hamkorlik aloqalarini o'rnatish va tajriba almashish uchun o'ziga xos platforma bo'ladi.

Ko'rgazmaga tashrif buyurish uchun https://trans.uz/ru/visit-the-exhibition havola orqali ro'yxatdan o'tish va onlayn beydjni olish kerak.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish