28-30-oktyabr kunlari Toshkent shahrida "Tog'-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025" 19-xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tadi
Oktabr 27, 2025. 15:06 • 6 daq
• 181
TOSHKЕNT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. "Tog'-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025" 19-xalqaro ko'rgazmasi 2025 yil 28-30 oktyabr kunlari "O'zekspomarkaz" MKKning 1-, 2-pavilonlari va ochiq maydonida bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashkilotchilar: "Iteca Exhibitions" xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori "ICA Eurasia Group".
Foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash iqtisodiy rivojlanishning asosidir. Xom ashyo va yuqori sifatli qayta ishlangan mahsulotlar - metall prokat, quvurlar va boshqa materiallar bilan ta’minlash iqtisodiyotning barcha tarmoqlarining faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi va ularning doimiy o'sishiga hissa qo'shadi.
Tabiiy resurslarga boy mamlakat bo'lgan O'zbekistonning tog'-kon sektori ham o'z sanoatini turli xomashyo bilan ta’minlash, ham eksport yetkazib berishni amalga oshirish va ko'paytirish borasida barqaror rivojlanmoqda. Mamlakat rahbariyati sohani rivojlantirishga, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish uchun sharoit yaratishga, ishlab chiqarishning ekologik tozaligi va energiya samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda. O'zbekistondagi kon-metallurgiya sanoati uchun yetakchi ko'rgazma tadbirlaridan biri va zamonaviy uskunalar va texnologiyalar haqida ma’lumot olish uchun samarali platforma bo'lgan MiningMetals Uzbekistan ko'rgazmasi ham soha rivojiga katta hissa qo'shmoqda. Ko'rgazma kon-metallurgiya sohasi mutaxassislari, tegishli vazirliklar va idoralar hamda ixtisoslashgan agentliklar uchun ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan to'g'ridan to'g'ri muzokaralar olib borish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning istiqbolli variantlarini ko'rib chiqish imkoniyatini beradi.
Bu yil ko'rgazmada 15 mamlakat – Buyuk Britaniya, Germaniya, Kanada, Koreya Respublikasi, Latviya, Mo'g'uliston, Rossiya, Turkiya, Xitoy, Chexiya, Eron, O'zbekiston, Qirg'iziston, Qozog'iston, Hindistondan – 150 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda.
Xorijiy ishtirokchilarning TOP-3 taligi quyidagilardan iborat: Xitoy (50 ta kompaniya), Germaniya (17 ta kompaniya), Qozog'iston (10 ta kompaniya).
Ko'rgazmaning kumush homiysi Chexiyaning INCO Engineering kompaniyasi – tog'-kon ishi uchun uskunalar, shaxta ko'targichlaridan tortib zamonaviy konlar uchun kompleks yechimlargacha bo'lgan sohalarda global miqyosdagi yetakchi hisoblanadi. INCO Engineering yechimlari xavfsizlik, samaradorlik va ishonchlilikni ta’minlab, tog'-kon sanoatida global standartlarni yuritadi.
Ko'rgazma ekspozitsiyasi ikkita asosiy sektorga bo'lingan: "Tog'-kon ishi" va "Metallurgiya va mashinasozlik".
"Tog'-kon ishi" bo'limida foydali qazilmalar qazib olish va qayta ishlashning barcha bosqichlari uchun keng qamrovli yechimlar, jumladan, maydalash, saralash va frezalash uskunalari, burg'ulash qurilmalari va asboblari, flotatsiya kameralari, nasoslar va filtrlar, qum yuvish va suvsizlantirish uskunalari, ommaviy materiallarni tashish, konveyer tizimlari, ochiq turdagi va yer osti konchilik uchun ixtisoslashtirilgan uskunalar, shuningdek, konlarni avtomatlashtirish va raqamli monitoring qilish texnologiyalari namoyish etiladi.
"Metallurgiya va mashinasozlik" bo'limida metallurgiya korxonalari uchun keng turdagi uskunalar va texnologiyalar namoyish etiladi: raqamli dasturiy boshqarish dastgohlari, prokatlash va quyish uskunalari, po'lat quyish zavodlari uchun kranlar, filtrlash va aspiratsiya tizimlari, moylash-sovutish suyuqliklari, geotexnika va qurilish ehtiyojlari uchun materiallar, shuningdek, chiqindilar va ikkilamchi metallarni qayta ishlash yechimlari.
Ochiq ekspozitsiyada tashrif buyuruvchilar qurilish va konchilik uskunalarini, jumladan, burg'ulash qurilmalari, ekskavatorlar, telexendlerlar va filtr-presslarini ko'rishlari mumkin. Ko'rgazmada quyidagilar namoyish etiladi: Quantum Systems Kazakhstan (Qozog'iston) – ZEGA D480A burg'ulash qurilmasi; Jingjin Equipment (Xitoy) – FILTER PRESS filtr-pressi; Eurasian Construction Machinery (O'zbekiston) – HITACHI ZX-330 ekskavatori, Gehl TX-4017 teleskopik yuklagichi va Gehl R180 mini-yuklagichi; POWER Crane (O'zbekiston) – ko'tarish uskunalari: ikki balkali ko'prikli kran, portal kranlari, konsolli kranlar; IKO MACHINERY (O'zbekiston) – KOMATSU, DYNAPAC, DONALDSON.
Ko'rgazmada ilk marotaba burg'ulash-portlatish ishlari uchun uskunalar hamda portlovchi moddalarni xavfsiz tashish uchun ixtisoslashtirilgan uskunalar namoyish etiladi.
Keng tematik qamrovi tufayli ko'rgazma ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarga sanoatning holati va rivojlanish tendensiyalari haqida to'liq tushunchaga ega bo'lish, minerallarni qazib olish va qayta ishlashning ilg'or yechimlari haqida ma’lumot olish hamda texnologik innovatsiyalar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, minglab ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tajriba almashish, yangi aloqalar o'rnatish va sohaning bozor salohiyatini baholash uchun bitta joyda to'planishadi.
Bu yil birlashgan stend doirasida ishtirok etayotgan mahaliy tog'-kon sanoati va metallurgiyaning flagmanlari an’anaga ko'ra ekspozitsiyada muhim o'rinni egallaydilar. Stend tarkibiga quyidagi tashkilotlar kiradi: O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O'zbek texnologik metallar kombinati, Navoiyuran, O'zmetkombinat va Namangan metallurgiya zavodi.
Xorijiy eksponentlar qatorida nafaqat ko'p yillik ishtirokchilar - DESWIK (Buyuk Britaniya), KORRUS TECH ASIA (Qozog'iston), WENCO INTERNATIONAL MINING SYSTEMS (Kanada), LIMING HEAVY INDUSTRY (Xitoy), ENGINEERING DOBERSEK (Germaniya), balki yetakchi ishlab chiqaruvchilar sifatida obro' qozongan debyutantlar - ART BLAST GROUP (Qirg'iziston), HEPHEASTUS MACHINERY (Mo'g'uliston), INCO ENGINEERING (Chexiya), FELUWA (Germaniya), WESMAN THERMAL ENGG PROCESSES (Hindiston), FKK GUNEY OTO LAS. TAK (Turkiya), TOP DRILL CO (Koreya Respublikasi) ham ishtirok etadi.
16 ta kompaniyadan iborat Germaniya milliy pavilonining an’anaviy ishtiroki mutaxassislarga kon-metallurgiya kompleksi uchun uskunalar va texnologiyalarni - mineral xom ashyoni qazib olish va boyitish, materiallarni tashish, konveyer texnologiyasi, shuningdek, ishlab chiqarish obyektlarini injiniringi va qurish bo'yicha yechimlarni taqdim etadi.
Bu yil Rossiya kompaniyalarining yillik jamoaviy ishtiroki Nijniy Novgorod viloyati stendi tomonidan namoyish etiladi. Bu yerda rudani boyitish, shlaklarni qayta ishlash va ikkilamchi xom ashyoni ajratish, maydalash va saralash tizimlari uchun yechimlar, geotexnik ishlar uchun materiallar (geotekstil, geomembranlar, geopanjaralar, geoto'rlar), cho'yan, po'lat va ferroqotishmalar ishlab chiqarish uchun uskunalar va texnologiyalar, shuningdek, birlamchi metallarni ulgurji sotish uchun moylash-sovutish suyuqliklari va yechimlar namoyish etiladi.
Ko'rgazmada Xitoy kompaniyalari keng miqyosda ishtirok etib, kon-metallurgiya kompleksi uchun keng turdagi uskunalar va texnologiyalarni namoyish etmoqda: maydalash va flotatsiya qurilmalari, tegirmonlar, shlam nasoslari, burg'ulash va ko'tarish uskunalari, konveyer lentalari, maxsus texnika, po'lat sanoati uchun kranlar, shuningdek, kon-metallurgiya korxonalari uchun kimyoviy reagentlar va butlovchi qismlar.
Ko'rgazmada debyut qilgan mamlakatlar orasida - Mo'g'uliston. Ushbu mamalakatdan kelgan kompaniya portlovchi moddalarni tashish uchun ixtisoslashtirilgan uskunalarni namoyish etmoqda.
An’anaga ko'ra, yettinchi marta ko'rgazma doirasida O'zbekiston Xalqaro kon-metallurgiya forumi - UIMF 2025 bo'lib o'tadi. Bu yilgi forumning mavzusi - "Kelajakning tog'-kon sanoati: resurslar va strategiyalar". Forumda hukumat vakillari, soha regulyatorlari, yirik ishlab chiqaruvchilar, investorlar, moliya institutlari va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi. Forum Congresses of Central Asia – CCA xalqaro kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan.
Ko'rgazma va uning doirasida o'tkazilayotgan forum kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishda muhim rol o'ynab, mutaxassislarning fikrlari va tavsiyalarini uskunalar, texnologiyalar va konchilik texnikalari kabi amaliy qismi bilan uzviy bog'laydi.
Barcha ishtirokchilar, jumladan, tashrif buyuruvchilar va eksponentlar uchun qulaylik yaratish maqsadida Iteca Connect ilovasi ishga tushirildi. Ilova uchrashuvlarni rejalashtirish, ishtirokchi kompaniyalar faoliyati haqida ma’lumot olish, pavilonlar xaritasi yordamida ko'rgazmada navigatsiya qilish va hokazolarni amalga oshirish imkonini beradi.
Rasmiy ko'mak:
- O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi;
- O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligi;
- O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
- O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi;
- O'zbekiston metallurgiya uyushmasi;
- Toshkent shahar hokimligi.
Tadbir tashkilotchilari - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group.
Qo'shimcha ma’lumot olish uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling:
Tel: + (998 93) 180 03 42, E-mail: pr@iteca.uz, www.mining.uz
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Toshkentda "TransLogistica Uzbekistan – 2025" 21-xalqaro ko'rgazmasi ish boshladi