TIVda Tojikistonning yurtimizdagi elchisi bilan 2025-yil yakunlari sarhisob qilindi
Dekabr 23, 2025. 19:15 • 24 soniya
• 106
TOSHKENT, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Tojikistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nasredin Ismatullo bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV xabariga ko‘ra, muloqot jarayonida ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.
2025-yil davomida turli sohalardagi hamkorlik yakunlari sarhisob qilinib, 2026-yilga mo‘ljallangan ittifoqchilik munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
TIV huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi”ning anjumani o‘tkazildi