Rossiyada ota-ona qarovisiz qolgan bir yoshli hamyurtimiz Saxa Respublikasidan vatanga qaytarildi
Dekabr 23, 2025. 10:09 • 2 daq
• 296
VLADIVOSTOK, 23-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi tomonidan Rossiyadagi huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda Yoqutiston – Saxa Respublika oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markazida yashayotgan bir yoshli S.M. O‘zbekiston fuqarosi yurtimizga qaytarildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Rossiyaning Saxa Respublikasi (Yoqutiston)da mehnat faoliyatini yuritayotgan yurtdoshimiz xatoga yo‘l qo‘yib, jinoiy javobgarlikka tortiladi. U o‘ta yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga aloqadorligi uchun Yoqutiston shahar sudi tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Uning farzandi hibsxonada tug‘ilgan. Qizaloq tug‘ilgandan so‘ng Respublika oilaviy tarbiyaga ko‘maklashish markaziga topshirilgan.
Mahkuma ayolning onasi bolani olib ketish uchun Saxa Respublikasiga kelgan va O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasiga yordam so‘rab murojaat qilgan. Bosh konsulxona tomonidan Rossiya Tashqi aloqalar va xalqlar ishlari vazirligi Yoqutiston okrugi maʼmuriyatining Vasiylik va homiylik departamentiga aloqaga chiqildi. Departament bilan bolani buvisiga berish bo‘yicha muloqot amalga oshirildi. Qizchani buvisiga qaytarish bo‘yicha bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro konvensiyalar asosida tegishli hujjatlar tayyorlandi.
Shundan so‘ng, Bosh konsulxona tomonidan bolani O‘zbekistonga qaytarish uchun maxsus sertifikat rasmiylashtirildi. Rossiya hukumati ko‘magida qizcha belgilangan tartibda buvisiga topshirildi.
Yoqutistondagi o‘zbek diasporasi faollari ko‘magida buvi va nabiraga Yoqutiston–Novosibirsk–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilinib, eson-omon Vatanga qaytarildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
Londonda “To‘maris” ayollar jamoat birlashmasining bir yilligi nishonlandi