Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Eron elchisi 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

Dekabr 23, 2025. 17:10 • 30 soniya

162
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari va Eron elchisi 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 23-dekabr. / “Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aʼloyev bugun Eron elchisi Muhammad Ali Iskandariy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar, 2025-yilda siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qildilar, shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish maqsadida ishchi aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish