Londonda “To‘maris” ayollar jamoat birlashmasining bir yilligi nishonlandi
Dekabr 18, 2025. 11:49 • 34 soniya
• 255LONDON, 22-dekabr. /“Dunyo” AA/. Londonda Buyuk Britaniyadagi “To‘maris” ayollar jamoat birlashmasi tashkil etilganining bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tadbir davomida “To‘maris” ayollar jamoat birlashmasi 2024 yilda ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazish, turli seminar-treninglar tashkil etish borasidagi faoliyati eʼtirof etildi. Qisqa vaqt ichida uyushma xotin-qizlarni birlashtiruvchi samarali maydonga aylangani taʼkidlandi.
Tantanali tadbir yakunida birlashma faoliyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan, 2024 yilda tadbir va treninglarda faol ishtirok etgan qatnashchilar turli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar kelgusida ham tashkilot faoliyatini kengaytirish va hamkorlikni mustahkamlash niyatida ekanini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada O‘zbekiston talabalari assotsiatsiyasi tashkil etildi
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi



