Logo

“Ammon News”: O‘zbekistonning “Tinchlik kengashi”dagi ishtiroki mamlakat tashqi siyosatining evolyutsiyasini aks ettiradi

Yanvar 26, 2026. 14:24 • 57 soniya

248
“Ammon News”: O‘zbekistonning “Tinchlik kengashi”dagi ishtiroki mamlakat tashqi siyosatining evolyutsiyasini aks ettiradi

AMMON, 28-yanvar. / “Dunyo” AA/. Iordaniyaning nufuzli “Ammon News” nashrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi tadbirlaridagi ishtirokiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrning yozishicha, davlatimiz rahbari forum doirasida “Tinchlik kengashi” nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi mamlakat tashqi siyosati va iqtisodiy kun tartibining global miqyosda kengayib borayotganini namoyish etdi.

“Bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mintaqaviy xavfsizlik, ko‘p tomonlama hamkorlik, investitsiyalar va barqaror rivojlanish masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, xalqaro sarmoyalarni jalb qilish, “yashil” energetika, infratuzilma va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. O‘tkazilgan alohida uchrashuvlar dunyoning yetakchi kompaniyalari va institutlari O‘zbekiston bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga katta qiziqish bildirayotganini yana bir bor tasdiqladi”, deya yozilgan maqolada.

Ekspertlarning fikricha, O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslar va muloqotlardagi faol ishtiroki mamlakat tashqi siyosatining evolyutsiyasini aks ettiradi.

Bu jarayon ilgari asosan mintaqaviy darajada bo‘lgan bo‘lsa, endilikda global jarayonlar — xavfsizlik, barqaror rivojlanish va xalqaro iqtisodiy aloqalardagi sezilarli ishtirokka o‘tayotganidan dalolat beradi. Shu tariqa, O‘zbekiston dunyo miqyosidagi strategik masalalarni hal etishda faol va muhim ishtirokchi sifatida o‘z pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish