O'zbekiston TIV rahbari Yaponiya adliya vaziri bilan uchrashdi
May 01, 2025. 15:18 • 39 soniya
• 109
TOSHKENT, 1-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun tashrif bilan mamlakatimizda bo'lib turgan Yaponiya adliya vaziri Keisuke Suzuki bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Bugun Yaponiya Adliya vaziri Keisuke Suzuki janoblari bilan O'zbekiston va Yaponiya o'rtasidagi strategik sheriklikni yana-da chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida. – Qator mintaqaviy va global mavzularni, ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini, jumladan, huquqiy islohotlar, sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, boshqaruv va qonun ustuvorligini ta'minlash sohasida ilg'or tajriba almashish masalalari kun tartibimizdan o'rin oldi. Shuningdek, mamlakatlarimizda islohotlarni amalga oshirishga ko'maklashuvchi adliya tizimlarimiz o'rtasidagi institutsional hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ko'rib chiqdik".
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Finlyandiya elchisining O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetdi
O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Vyetnam delegatsiyasi bilan uchrashdi