Toshkent–Shenchjen yo‘nalishida yangi aviareys yo‘lga qo‘yildi
Mart 30, 2026. 20:16 • 2 daq
• 125
SHENCHJEN, 2-aprel. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 30-mart kuni Shenchjen shahrining “Baoan” xalqaro aeroportida Toshkent–Shenchjen yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki reys amalga oshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu aviaqatnov reysni amaga oshirilishi O‘zbekiston va Xitoyning yirik megapolislaridan biri o‘rtasida yangi, to‘g‘ridan to‘g‘ri havo ko‘prigi ochilganini anglatadi. Aeroportda bort ma’muriyat vakillari, Guandun provinsiyasi turistik kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.
Mazkur yo‘nalish hozirda haftasiga 10 marotaba amalga oshirilayotgan Toshkent–Guanchjou reyslariga muhim qo‘shimcha bo‘ldi. “Baoan” xalqaro aeroporti direktori o‘rinbosari Vu Syaotszyun ta’kidlaganidek, Shenchjen shahriga parvozlarning yo‘lga qo‘yilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi transport imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
“Ishonchimiz komilki, ushbu yo‘nalish o‘zaro tashriflarni faollashtirishga, turizm, ishbilarmonlik va madaniy almashinuvlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Aeroport yangi yo‘nalishdagi barcha yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi servis xizmatlarini ko‘rsatishga tayyor”, – dedi Vu Syaotszyun.
Toshkent–Shenchjen yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar joriy yilning aprel oyidan boshlab haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu Xitoyning yuqori texnologiyali markazlaridan biri hisoblangan Shenchjen va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi