Xitoydan munosabat: O'zbekiston-BAA hamkorligining muvaffaqiyati boshqa mamlakatlar uchun barqaror taraqqiyot va "yashil" kelajak sari intilishda namuna bo'lib xizmat qiladi
Yanvar 16, 2025. 14:57 • 2 daq
• 110
PEKIN, 16-yanvar. /"Dunyo" AA/. Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi "Makon va yo'l" ilmiy-tadqiqot markazi direktori o'rinbosari Suy Polin "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi yakunlari hamda Abu-Dabi va Dubaydagi tadbirlardagi ishtiroki yuzasidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- O'zbekiston Prezidentining BAAga tashrifi ikki mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta'minlaydigan bir qator muhim sohalarda amaliy hamkorlikni mustahkamlaydi. Qayta tiklanadigan energetika sohasidagi qo'shma loyihalar allaqachon o'z samarasini bermoqda: BAA kompaniyalari nafaqat O'zbekiston energetika sohasiga sarmoya kiritmoqda, balki o'z tajribalari va texnologiyalari bilan o'rtoqlashmoqda. Ushbu hamkorlik mahalliy energetikani barqaror rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini oshirishga xizmat qiladi.
O'zbekiston va BAA atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va "yashil" energiyani qo'llashga katta ahamiyat bermoqda.
Qishloq xo'jaligi va suv resurslarini boshqarish sohasida O'zbekiston BAAning suvni chuchuklashtirish va qishloq xo'jaligini qurg'oqchilik sharoitlariga moslashtirish sohasidagi ilg'or tajribasidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Bu sohadagi qo'shma loyihalar qurg'oqchilik va suv tanqisligi muammosiga duch kelinayotgan bir paytda juda muhimdir.
Barqaror urbanizatsiya va "aqlli" shaharlarni rivojlantirish sohasida ham O'zbekiston BAA tajribasidan foydalanishi mumkin.
O'zbekiston va BAAning barqaror rivojlanish sohasidagi hamkorligi samarali xalqaro hamkorlikning yorqin namunasidir. Mazkur sheriklik nafaqat ikki mamlakatdagi iqtisodiy o'sish va ekologik vaziyatni yaxshilashga yordam beradi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu hamkorlikning muvaffaqiyati boshqa mamlakatlar uchun barqaror taraqqiyot va "yashil" kelajak sari intilishda namuna bo'lib xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
"The National Interest": Markaziy Osiyoning Shimoliy Yevropa uchun ahamiyati ortmoqda
Turkiya qanday qilib yuqori texnologiyali iqtisodiyotga ega davlatga aylandi?