O‘zbekistonning shahar va tuman hokimlari Londonda malaka oshiradi
Fevral 20, 2026. 09:00 • 2 daq
• 208
LONDON, 20-O‘zbekistonning shahar va tuman hokimlari Londonda malaka oshiradi
fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning “Civil Service College (CSC)” nodavlat taʼlim muassasasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Unda davlat xizmati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni milliy amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xorij tomoniga mamlakatimizda davlat xizmatini rivojlantirish, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish va ularning muntazam kasbiy o‘sishini taʼminlashga qaratilgan tizimli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Muloqot davomida tomonlar birgalikda taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va treninglar tashkil etish, onlayn va gibrid o‘quv platformalarini yaratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi. Shuningdek, ekspertlar almashish va qo‘shma tadqiqot loyihalarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston shahar va tumanlari hokimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish, davlat xizmati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirish va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
“Civil Service College” 1970-yilda Britaniya hukumati huzuridagi milliy maktab sifatida tashkil etilgan bo‘lib, davlat xizmatchilari tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ixtisoslashgan muassasa hisoblanadi. 2012-yildan boshlab kollej mustaqil taʼlim markazi sifatida faoliyat yuritib, zamonaviy o‘quv dasturlari va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etib kelmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
