Logo

Nufuzli ispan kompaniyasi bilan pishloq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Mart 11, 2026. 09:12 • 2 daq

86
Nufuzli ispan kompaniyasi bilan pishloq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Nufuzli ispan kompaniyasi bilan pishloq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi
Nufuzli ispan kompaniyasi bilan pishloq mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi

MADRID, 11-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Farrux Tursunov “Grupo Trepal” tarkibiga kiruvchi nufuzli “Exclusivas La Cota (Cortenvas)” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Madrid shahrida joylashgan ushbu kompaniya sut mahsulotlari, pishloqni qayta ishlash, bo‘laklash va qadoqlash sohasida 45-yillik tajribaga ega dunyoga mashhur ishlab chiqarish sektori hisoblanadi.

Tashrif davomida O‘zbekiston elchisi korxona asoschisi va direktori Senen Fernandes bilan muzokara o‘tkazdi, ishlab chiqarish liniyalari, kompaniyaning texnologik jarayonlari bilan tanishdi.

Kompaniya ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, savdo belgilari va chakana savdo tarmoqlari bilan hamkorlik qilib, chakana savdo tarmoqlari, “HoReCa sektori”, eksport bozorlari va boshqa yirik loyihalarga mahsulot yetkazib berish bo‘yicha professional yechimlarni taqdim etadi. Korxona faoliyati samaradorlik, innovatsiya va texnologiyalarni doimiy ravishda takomillashtirish tamoyillariga asoslanadi.

Uchrashuv davomida kompaniya rahbariyati tomonidan foydalanilayotgan texnologik yechimlar, jumladan, pishloq mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash uchun Ispaniyaning zamonaviy uskunalari taqdim etildi. Bu mahsulotlarning barqaror sifati, Yevropa standartlariga muvofiqligi va ishlab chiqarish jarayonlarining yuqori samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.

Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini qayd etdi. Xususan, O‘zbekistonda pishloqlarni qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha yangitexnologiyalarni joriy etish imkoniyati, o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining pishloq mahsulotlarini Ispaniya bozoriga yetkazib berish istiqbollarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish